2022 yil 17 noyabr kuni Kun.uz saytida Qaşqadaryoda fermerlarning oqarayotgan kosasiga çang solinayotgani bilan boğliq suriştiruv e’lon qilingandi. Biznes ombudsman axborot xizmati uşbu suriştiruv örganilib, MIBning noqonuniy harakatlariga çek qöyilganini ma’lum qildi. 

Maqolada “Samandar Nur” fermer xöjaligiga qaraşli qariyb 1 mlrd sömlik texnika olib ketilgani, texnika bank kredit mablağiga olingani, hali tölaligiça fermerning ixtiyoriga ötmagani ta’kidlangandi.

Biznes ombudsmanga köra, MIB Nişon tumani bölimi tomonidan qarzdor ijro işi qözğatilganligi töğrisidagi qarorlar bilan taniştirilmagan. Fermerning kredit majburiyati uçun garovda turgan Arion-630c rusumli haydov traktori xatlanib, taqiq qöyilgan holda vaqtinça saqlaş uçun xususiy korxonaga topşirilgan.

Vaholanki, «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida»gi qonunning 23-moddasiga köra, davlat ijroçisi ijro işi yuritişni qözğatiş töğrisidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravişda bajariş uçun ijro işi yuritiş qözğatilgan kundan e’tiboran köpi bilan 15 kun muddat belgilaydi va qarzdorni mazkur muddat tugaganidan keyin ijro hujjatidagi talablar undan ijro yiğimi, davlat ijroçisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar, şuningdek ijro xarajatlari undirilgan holda majburiy ijro etilişi töğrisida xabardor qiladi.

Bundan taşqari, 35 053 979 sömlik qarzdorlik uçun undiruv nomutanosib miqdordagi mulkka, ya’ni 977 500 000 söm kredit mablağiga sotib olingan traktorga qaratilgan. Qolaversa, fermer xöjaligiga tegişli traktor garov şartnomasiga köra taqiq qöyilgan bölişiga qaramasdan, MIB tomonidan xatlangan.

Şunga köra, Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil (Biznes ombudsman) tomonidan Majburiy ijro byurosi direktori X.Kabirjanovga qonun hujjatlarining aniqlangan buzilişlarini, ularga imkon beruvçi sabablar va şart-şaroitlarni bartaraf etiş töğrisida taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnomada aniqlangan qonunbuzilişlarni bartaraf etiş va kelgusida bunday holatlarga yöl qöymaslik çoralarini köriş, undiruvni belgilangan talablar asosida fermer xöjaligining boşqa mol-mulkiga qaratgan holda Arion-630c rusumli haydov traktorini taqiqdan çiqariş masalasini körib çiqiş söralgan. 

Şuningdek, A.Boltayev tomonidan davlat ijroçilarining harakatlarini ğayriqonuniy deb topişga oid Qarşi tumanlararo ma’muriy sudiga kiritilgan ariza yuzasidan bölgan sud majlislarida Vakil devoni xodimlari iştirok etib, fermer xöjaligining huquqlari himoya qilingan.