Jahon | 15:09 / 28.04.2019
5760
1 daqiqa o‘qiladi

Eron yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda 

Foto: AP

Eron AQSh sanksiyalarining keskinlashuviga javoban yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif ma'lum qildi.

"Eron Islom Respublikasida ko‘plab tanlovlar bor, hukumat bu tanlovlarni ko‘rib chiqmoqda va ulardan biri yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishdir", -dedi u.

Eronga qarshi sanksiyalar, jumladan mamlakat neftini sotib olishga bo‘lgan taqiq 2018 yil noyabrda Vashington tomonidan qayta tiklandi.

Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma BMTning qurolsizlanish qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro hujjat bo‘lib, u yadro quroliga ega davlatlar soni oshmasligi va nizolar vaqtida yadro qurolidan foydalanish imkoniyatini cheklash maqsadida qabul qilingan. 

Ayni paytda 190 davlat mazkur shartnomaga qo‘shilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid