Jahon | 20:46 / 28.04.2019
2405
2 daqiqa o‘qiladi

Formula-1: Valtteri Bottas Bokudagi bosqich g‘olibi bo‘ldi va peshqadamga aylandi

Foto: HOCH ZWEI

“Mersedes” jamoasi poygachisi Valtteri Bottas “Formula-1”ning Bokuda o‘tgan Ozarboyjon Gran-prisida g‘olib bo‘ldi. Marraga ikkinchi bo‘lib Bottasning jamoadoshi, amaldagi chempion Lyuis Xemilton yetib keldi. 3-o‘rinni “Ferrari” a'zosi Sebastyan Fettel egalladi.

“Oldinda deyarli hech narsa yuz bermaganiga qaramay murakkab poyga bo‘ldi. Lyuis menga muntazam bosim o‘tkazdi, shu sababli men xatoga yo‘l qo‘ya olmasdim. Men barchasini nazorat qildim va katak-katak bayroqni ko‘rganimdan xursand bo‘ldim”, deb aytgan Bottas. 

4 ta bosqichdan keyin Bottas 87 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, uning ortidan Xemilton (86 ochko) kelmoqda. 3-o‘rinni 52 ochko bilan Fettel egallamoqda.

Poyganing keyingi bosqichi Ispaniyada 9-12 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid