Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada saylovlardagi ovozlarni hisoblash vaqtida 272 kishi toliqishdan vafot etdi
Indoneziyada o‘tgan umumiy saylovlardagi ovozlarni hisoblash vaqtida vafot etganlarning soni 272 kishigacha oshdi. Bu haqda markaziy saylov komissiyasi rasmiy vakili Ariyef Prio Susanto ma'lum qildi.
Avvalroq 92 kishi vafot etgani ma'lum qilingandi.
“Saylov uchastkalarida ishlagan kamida 272 kishi vafot etdi, aksariyat holatlarda ularning o‘limiga toliqishlari sabab bo‘lgan. Yana 1,8 mingdan ko‘proq odam shifoxonalarga yetkazilgan”, deb aytgan Susanto.
Ta'kidlanishicha, mamlakat moliya vazirligi vafot etganlar oilalariga kompensatsiya to‘laydi.
Indoneziyada o‘tgan saylovlar dunyodagi eng yiriklaridan biri bo‘ldi. Mamlakat aholisi prezident, parlamentning ikki palatasi va mahalliy deputatlarni saylashgan. Hammasi bo‘lib saylovlarda 240 ming nomzod ishtirok etgan va ular 20 ming o‘rin uchun kurash olib borgan. Saylovlarda ovoz berish huquqiga ega 193 mln kishidan 80 foizi ishtirok etgan.
Mavzuga oid
11:29 / 27.06.2026
TikTok va YouTube Indoneziyada 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkauntini o‘chirdi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026