Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Neymar Fransiya Kubogi finalidagi mag‘lubiyatdan keyin muxlislardan birini urdi
«PSJ»ning braziliyalik hujumchisi Neymar Fransiya Kubogi finalida «Renn»ga qarshi o‘yindan keyin fanatlardan biriga zarba berdi. Sen-Denidagi «Stad de Frans» stadionida kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida durang hisob qayd etildi — 2:2, penaltilar seriyasida «Renn»ning qo‘li ustun keldi — 6:5.
O‘yindan keyingi taqdirlash marosimi vaqtida jamoadoshlari qatori kumush medallar uchun tribunaga ko‘tarilayotgan Neymarni yo‘lak yonida turgan fanatlar to‘xtatishdi va u bilan selfi qilmoqchi bo‘lishdi. Braziliyalik futbolchi esa qo‘li bilan kamerani to‘sdi. Fanatlardan biri bilan gap talashgan Neymar uning yuziga musht tushirib yubordi va zinadan ko‘tarilishda davom etdi.
Neymar fighting a fan after the final 👀 pic.twitter.com/lix1Nrkhux
— Juan Velazquez (@JuanDirection58) April 28, 2019
Eslatib o‘tamiz, Neymar biroz avvalroq YeChLning 1/8 finalida «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin hakam xonasiga bostirib kirmoqchi bo‘lgani va instagramida uni haqoratlagani uchun UYeFA tomonidan yevrokuboklardagi uch o‘yindan chetlatilgandi.
«Renn» Fransiya Kubogida o‘z tarixida uchinchi bor g‘olib bo‘ldi. Qizil-qoralar 1965 va 1971 yillarda bu turnirda g‘alaba qozonishgan. Bu turnirdagi g‘oliblik bo‘yicha rekordchi klub «PSJ» hisoblanadi — 12 sovrin.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
16:40 / 06.07.2026
Neymar Braziliya milliy jamoasi bilan xayrlashdi
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
20:47 / 22.04.2026