«Endi bu sizning ishingiz emas» – Saakashvili Putinning unga Ukraina pasporti qaytarilishi haqidagi so‘zlariga izoh berdi
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyevni gruziyalik siyosatchiga Ukraina fuqaroligini qaytarishga chaqirgandan keyin Putin unga qanday “zulm qilgani” haqida eslab o‘tdi.
29 aprelda Putin “o‘tmishda gruzin bo‘lgan, endi esa o‘zini ukrainalik hisoblovchi” Saakashviliga Ukraina pasporti qaytarilishi adolatdan bo‘lishini aytgan.
“Ukrainaning bo‘lg‘usi prezidentiga menga fuqarolik qaytarilishini kim maslahat qilmoqda? Putinmi? Bu 2017 yildagi matbuot anjumanda Poroshenkodan meni Ukrainadan chiqarib yuborishni baralla talab qilgan (va Poroshenko buni bir oydan keyin qilgan) o‘sha Putin. Men Poroshenkodan 2014 yilda inauguratsiyasiga meni taklif qilmaslikni aynan siz talab qilganingizni aniq bilaman”, deb yozgan Saakashvili feysbukda.
Shu bilan birga Saakashvilining ta'kidlashicha, Poroshenkoning odamlari qandaydir vositachilar orqali Ukrainaning bo‘lg‘usi prezidenti Vladimir Zelenskiydan unga fuqarolikni qaytarmaslik va Ukrainaga qo‘ymaslikni talab qilmoqda.
Shuningdek, Saakashvilining fikricha, Putin Zelenskiy Odessaning sobiq gubernatorini Ukrainaga qaytarishdan qo‘rqishi umidida unga bu taklif bilan murojaat qilgan.
“Xuddi shunday meni mamlakatga qo‘ymaslik talabini nafaqat Gruziyaga, balki Turkiya, Armaniston va Ozarboyjonga ham qo‘ygansiz. Mening ma'lumotlarimga ko‘ra, siz Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an bilan 2016 yildagi sammitda aynan shuni muhokama qilgansiz. Endi bu sizning ishingizmas! Biz ukrainaliklar bilan o‘zimiz kelishib olamiz”, deb davom ettirgan Saakashvili.
Gruziyalik siyosatchi Gruziyani 2013 yilda tark etgan. Shundan keyin unga mamlakatida bir qator jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan va ulardan ba'zilari bo‘yicha sirtdan qamoq jazolari tayinlangan. 2015 yil bahorida Pyotr Poroshenko Saakashviliga Ukraina fuqaroligini berib, uni Odessa viloyati gubernatori etib tayinlagan, biroq Saakashvili viloyatni rivojlantirish bo‘yicha va'dalarni bajarmagani va uning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini sezilarli yomonlashtirib yuborgani uchun 2016 yil noyabrdayoq uni bo‘shatib yuborgan.
Mavzuga oid
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024