Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan xizmatlar ro‘yxati to‘ldirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi PQ–3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati quyidagi mazmundagi 31 va 32-bandlar bilan to‘ldirilmoqda:
31. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy bo‘linmalariga, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan xususiylashtiriladigan yoki xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlariga davlat ulushi sifatida o‘tkaziladigan davlat aktivlarini baholash xizmatlari.
32. Davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish hamda mahalliy va xorijiy fond birjalarida IPO (SPO) bo‘yicha emissiyalarni joylashtirish uchun jalb qilinadigan investitsiya vositachilari, maslahatchilari, shu jumladan, xorijiy maslahatchilarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy bo‘linmalariga ko‘rsatadigan xizmatlari.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

15:04 / 20.07.2022
Investitsiya dasturi doirasida Qoraqalpog‘istonga ajratilgan mablag‘ 1 trillion so‘mgacha oshirildi

07:21 / 23.12.2021
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kitoblar, jurnallar va boshqa bosma materiallar bazasi kengaytiriladi

22:45 / 18.02.2020
Prezident farmoni: Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi

13:06 / 14.12.2019