Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingi joriy etiladi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi reytingni baholash operatori qilib belgilandi.
Hukumat qarori bilan «Reyting ko‘rsatkichlari asosida «Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingi»ni baholash» reglamenti tasdiqlandi.
Reglament reyting ko‘rsatkichlari asosida hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingini baholash tartibini belgilaydi.
Reyting 2 yo‘nalishda baholanadi:
- investitsiya salohiyati. Mazkur yo‘nalishda statistik ko‘rsatkich va subko‘rsatkichlardan iborat bo‘lgan ustuvor omillar va ularning vaznlari asosida hududlar investitsiya salohiyati baholanadi;
- boshqaruv samaradorligi. Mazkur yo‘nalishda hududlarda tadbirkorlarning so‘rov natijalari orqali ko‘rsatkich va subko‘rsatkichlar asosida boshqaruv samaradorligi baholanadi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi reytingni baholash operatori bo‘lib, quyidagi vazifalarni bajarish uchun mas’ul hisoblanadi:
- baholash jarayonini umumiy muvofiqlashtirish;
- elektron platformani boshqarish;
- natijalarni taqdim etish.
Reyting ballari 4 ta bosqichda elektron platforma orqali hisoblanadi.
Baholash operatori reyting baholash natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma tayyorlaydi.
Mavzuga oid
08:48 / 27.06.2026
Strategik resurslar xaritasi: qaysi davlat nimani nazorat qiladi?
20:55 / 25.06.2026
O‘zbekiston bola huquqlari xalqaro reytingida 96-o‘rinni egalladi
08:30 / 24.06.2026
Mamlakatlar imiji reytingi: yetakchilar va autsayderlar ma’lum bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026