Siyob – Sharqning ko‘hna va ko‘rkam bozori (fotogalereya)
Bir tomonida Bibixonim, ikkinchi tomonida Hazrati Xizr masjidlari qad ko‘targan, Registon va Shohizinda majmualari oralig‘ida joylashgan bu bozor sayyohlarning ham sevimli maskani. Bozorga kirish uch tavaqali arkli darvoza orqali bo‘lib, asrlar davomida saqlanib kelayotgan hunarmandchilik uslubida ko‘k koshinlar bilan bezatilgan. Salkam 2000 ga yaqin savdo rastalari yozning jaziramasi, qishning qahratonidan himoya qilish uchun shiypon bilan berkitilgan.
Har bir mahsulot turi uchun alohida bo‘lim tashkil qilganmiz deydi bozor direktori T.Mamadaliyev. – Masalan, bu bozorga kelgan har bir mehmon Samarqand nonidan xarid qilishni istaydi. Marhamat – 17 xil turdagi non mahsulotlari uchun alohida rastalar. Samarqand shirinliklari uchun ham alohida. Baliq, tovuq, go‘sht mahsulotlari uchun esa yopiq, sovutish tizimi to‘liq ishlaydigan alohida bo‘lim. Hozirda non, quruq meva va shirinliklar rastalarini qaytadan ta'mirlagan bo‘lsak, go‘sht mahsulotlari uchun alohida pavilon qurilmoqda. Oyoq ostiga esa 700 metr kvadrat zamonaviy plita yotqizdik. Xaridorlar kayfiyatiga kayfiyat qo‘shish uchun bozor atrofida gulzorlar tashkil etildi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
15:06 / 01.11.2024
Samarqand viloyatida isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlandi
10:59 / 25.10.2024
Samarqand viloyati aholisi 4,3 mln kishiga yaqinlashdi
15:49 / 02.10.2024