Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugidagi o‘zbeklarga eslatma bilan chiqdi
Foto: TIV axborot xizmati
O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yilning 27 aprel kuni Saratov viloyatining Rtishev tumanida O‘zbekiston davlat raqami bo‘lgan «Lada Largus» avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.
Saratov viloyati tegishli organlarining bosh konsulxonaga tasdiqlashicha, mashina chuqurga tushib ketishi natijasida ag‘darilib ketgan. «Lada Largus»dagi o‘zbekistonlik 7 nafar fuqaroning barchasi kasalxonada davolanishni rad etib, Lipetsk shahriga jo‘nab ketdi.
Konsullik-huquqiy departamentining eslatishicha, Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijyegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi o‘zbekistonliklar zarur vaziyatlarda mamlakatning Qozon shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-967-772-66-00 (Bosh konsul Fariddin Badriddinovich Nasriyev).
Mavzuga oid
20:24
Jahondagi ziddiyatlar: talaba-yoshlar qanday fikrda?
18:34
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
07:52
Mudhish qotillikka qo‘l urgan o‘zbekistonlik ayol Rossiya ruhiy kasalliklar shifoxonasida qoldirildi
21:41 / 05.05.2026