27 aprel kuni Rossiyaning Saratov oblasti Rtişçevo rayoni hududida yöl-transport hodisasi sodir böldi.

«Saratov24» naşri ma'lumotiga köra, «Saratov-Tambov» trassasida Tambovga ketayotgan maşinada yetti nafar özbekistonlik bölgan.

Davlat raqami Özbekistonniki bölgan Lada Largus avtomobili rayon markazidan 45 kilometr uzoqlikdagi Rtişçevo—Tambov avtomobil yölida YTHga uçragan.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, YTH haydovçi boşqaruvni yöqotişi oqibatida röy bergan. Oqibatda avtomobil yöl çetiga çiqib ketgan va ağdarilgan.

Yölovçilarning barçasi tirik, faqat bir nafari jiddiy jarohatlangan, uning qöli singan va bel sohasiga zarar yetgan. Ayni vaqtda u şifoxonaga yotqizilgan. Qolgan yölovçilar esa tibbiy yordam oliş bilan kifoyalanişib, şifoxonaga yotişni istaşmagan.