Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh eng yangi F-35 samolyotini ilk bor jang sharoitida qo‘lladi
AQSh harbiy-havo kuchlari eng zamonaviy F-35A qiruvchi samolyotini ilk bor jang sharoitida qo‘lladi. Samolyotlar Iroqning Xamrinidagi jangarilarning tunnellar tarmog‘iga zarbalar bergan. Bu haqda AQSh HHKning rasmiy saytida ma'lum qilingan.
“F-35A’ning hamma yerida datchiklar bor, u eng yangi radar bilan jihozlangan va jang maydonidan ma'lumotni real vaqtda to‘plashi va uzatishi mumkin”, deb aytgan samolyot uchuvchisi podpolkovnik Yozef Morris.
Aviazarbalar “Sabotli qat'iyat” operatsiyasi doirasida berilgan.
17 aprelda F-35A Lightning II samolyotlari AQShning BAAdagi Al-Dafra harbiy bazasiga yetkazilgan. AQSh 5-avloddagi F-35 qiruvchi samolyotining bu versiyasini Yaqin Sharqqa birinchi marta joylashtirdi. Bungacha mintaqada F-35V samolyotlari qo‘llangan.
F-35 ko‘p maqsadli jangovar samolyot bo‘lib, “stels” texnologiyasi qo‘llangan holda loyihalangan va yadro quroli tashiy oladi. Samolyotni yaratishda 8 ta davlat ishtirok etgan.
Mavzuga oid
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
09:27 / 20.03.2026