AQŞ Harbiy-havo kuçlariga qaraşli F-35 qiruvçisi Eron havo mudofaasi tomonidan nişonga olingani haqida mahalliy davlat OAV 19 mart, payşanba kuni Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ga tayanib xabar berdi. AQŞ Markaziy qömondonligi (CENTCOM) vakili Tim Xokins samolyot favqulodda qönişni amalga oşirganini tasdiqladi.
“Bort xavfsiz qöndi, uçuvçining ahvoli barqaror”, — dedi u. Bu bayonotni CNN telekanali ikki manbaga tayanib birinçi bölib xabar qilgan. Xokinsning aniqlik kiritişiça, qiruvçi Eron osmonidagi missiyani bajarib bölganidan keyin qönişni amalga oşirgan, ammo bunga nima sabab bölganini oçiqlamagan.
Mart oyi boşida Kuvayt osmonida bir neça Amerika qiruvçi samolyoti halokatga uçradi. Amerika harbiylari uçta F-15E samolyoti mamlakat havo mudofaasi tomonidan yangliş ravişda urib tuşirilganini ma’lum qildi. CENTCOM öşa kuni barça olti nafar ekipaj a’zosi muvaffaqiyatli katapulta qilgani va hodisadan keyin ahvoli barqaror ekanini qöşimça qildi. Şuningdek, hodisa sabablari hali örganilayotganini va “qöşimça ma’lumot paydo bölişi bilan” e’lon qilinişiga va’da berdi.
Keyinroq The Washington Post (WSJ) gazetasi hodisa böyiça dastlabki hisobotlar bilan taniş manbalarga tayanib, AQŞning F-15E samolyotini Kuvayt qiruvçisi urib tuşirgan bölişi mumkinligini yozdi.














