Jamiyat | 14:40 / 01.05.2019
9708
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda zamonaviy kinoteatrlar tarmog‘i barpo etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 7 avgustdagi PQ-3176-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining «2018-2019 yillarda zamonaviy kinoteatrlar tarmog‘ini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018 yil 18 maydagi 372-sonli qaroriga ko‘ra, “O‘zbekkino” Milliy agentligi va O‘zbekiston Milliy banki zimmalariga 2018-2019 yillarda respublika hududlarida zamonaviy kinoteatrlar tarmog‘ini barpo etish (qurish) vazifasi yuklatilgan.

O‘zbekiston Milliy banki hamda “O‘zshaharsozlikLITI” tomonidan respublikamiz hududlarida tashkil etiladigan 1, 2 qavatli va yozgi kinoteatrlarning namunaviy loyihalari ishlab chiqildi. Namunaviy loyiha bo‘yicha:

  • 1 qavatli kinoteatrda har biri 50 o‘rinli 2 ta kinozal;
  • 2 qavatli kinoteatrda har biri 50 o‘rinli 2 ta kinozal;
  • Ochiq (yozgi) kinoteatrda 150 o‘rinli amfiteatr barpo etiladi.

Qaror ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Milliy banki “O‘zbekkino” Milliy agentligi bilan birgalikda respublikamizning shahar va tumanlarida jami 5 550 o‘rinli umumiy qiymati 50 ta (15 ta 1 qavatli, 24 ta 2 qavatli va 11 ta yozgi ochiq) zamonaviy kinoteatrlar barpo etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.

Hisob-kitoblar bo‘yicha hududlarda tashkil etiladigan kinoteatrlarning umumiy loyiha qiymati 121.5 mlrd so‘m bo‘lib, shundan 85 mlrd so‘mi bank mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Qolgan 36.5 mlrd so‘m miqdoridagi qismi tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Bugungi kunda loyihalarni moliyalashtirish maqsadida tashabbuskorlarga 39.6 mlrd so‘mlik mablag‘ ajratiladi.

Hozirda kinoteatrlarda qurilish ishlari olib borilmoqda. Joriy yilning III choragida 24 ta va yil oxiriga qadar qolgan 26 ta kinoteatrlarda qurilish ishlari yakunlanadi. Natijada jami 5550 o‘rinli kinoteatrlar tarmog‘i barpo etiladi.

Shuningdek, qaror ijrosini ta'minlash maqsadida, O‘zbekiston Milliy bankining moliyaviy ko‘magida respublikamizga nafaqat O‘zbekistonda balki Markaziy Osiyoda dastlabki innovatsion ko‘chma kinomobil olib kelindi.

Prezidentimizning Surxondaryo viloyatiga qilgan tashriflari davomida O‘zbekiston Milliy banki va “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan mazkur kinomobilning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mobil kinoteatr dunyoning yetakchi korxonalarining zamonaviy texnik vositalari bilan ta'minlangan.

Kinomobildan foydalanish uchun 30 daqiqa talab etiladi. Bu vaqt mobaynida tirkama eniga 6 metrga kattalashadi va 80 o‘rinli mobil kinoteatr aholiga xizmat ko‘rsatadi.

Kinomobil respublikamizning eng olis shahar va qishloqlarida milliy va chet el badiiy, tarixiy va hujjatli filmlarini namoyish etish orqali yoshlarning ma'naviyatini va vatanparvarlik hissini yuksaltirish, adabiyot, teatr va kino san'atiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid