Senat raisi: davlat sanitariya nazorati barcha obektlarda istalgan vaqtda, to‘siqlarsiz o‘tkazilishi kerak
Senat Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev Senatning 19-yalpi majlisida joylardagi sanitar-epidemiollogik holatlarni tanqid qildi.
Uning qayd etishicha, 2018 yilda o‘tkazilgan sanitariya nazorati xulosalarida dehqon bozorlaridagi 46,855 nafar sotuvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tmagani aniqlangan.
«2017-2018 yillarda 1190 nafar fuqaro, xususan, 222 nafar bola ovqatdan zaharlangan va 9 nafari vafot etgan. 300ga yaqin dehqon bozori, ularning 150dan ortiq shoxobchalarida ichimlik suvi bo‘yicha to‘liq ta'minot mavjud emas, tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini sotish uchun maxsus rastalar va sharoitlar yo‘q. Shuningdek, chiqindilarni yig‘ish uchun maxsus joylar ajratilmagan», — deya Yo‘ldoshevning so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Yo‘ldoshevga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirishda sanitariya-epidemiologiya xizmatining nazorat faoliyati cheklangan.
Mavjud qonunchilikka asosan sanitariya-epidemiologiya xizmati tekshiruv o‘tkazish uchun vakolatli organga buyurtma beradi. Buyurtma vakolatli organ tomonidan uch ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi hamda tekshiruvni o‘tkazish kelishilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Shunga bog‘liq holda, Senat Raisi davlat sanitariya nazoratini barcha obektlarda istalgan vaqtda, to‘siqlarsiz, moliya-xo‘jalik faoliyatiga daxl qilmasdan o‘tkazish mumkinligini belgilash, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati tekshiruvlarini kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi 2018 yil 7 sentyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtinchalik nizomga tegishli o‘zgartishlar kiritish kerakligini qayd etib o‘tdi.
Mavzuga oid
19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
18:41 / 16.08.2024
Nig‘matilla Yo‘ldoshev Kurash federatsiyasi raisligiga qayta saylandi
14:37 / 31.07.2024
Qo‘yliqdagi ovqat bozori faoliyati to‘xtatildi
18:42 / 19.07.2024