Kun.uz'ga Yunusobod yönalişining “9-dahasi (“Uç qahramon” köçasi) – Çinni bozor” oraliğida harakatlanuvçi 121-sonli avtobusda tozalikka rioya qilinmagani körsatilgan videolar kelib tuşdi.
Tasvirlarda transportning içi va atroflari çang-ğuborga tölgani körinadi. Murojaat yöllagan yölovçilar avtobus har tebranganida içidagi çanglar havoga kötarilib, odamlarni bezovta qilayotganini aytgan.
“Avtobus tozalikka umuman rioya qilmaydi. Judayam çang, nafas olib bölmaydi. Mana sovuq kunda oynalar oçiq. [Yonimdagi yölovçi] hozir niqob taqib oldilar”, – deydi avtobusda ketayotgan bir ayol.
Ma’lumotlarga köra, ayni holat 20 yanvar sanasi soat 13:22 hamda 21:15 larda kuzatilgan. Har ikki vaqtda olingan videolarda sanitar holat abgor ekani körinadi. Kun.uz vaziyat yuzasidan “Toşşahartransxizmat” AJga sörov yubordi.

















