Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda raketalar lazer yordamida urib tushirildi
Amerikalik harbiylar lazer qurilmasi prototipi yordamida bir nechta havo starti raketalarini muvaffaqiyatli urib tushirishdi. Bu haqda The Drive nashri xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, sinovlar 23 aprelda Nyu-Meksikodagi “Oq qumlar” poligonida o‘tgan. Raketalarga qarshi lazer SHiELD (Self-Protect High Energy Laser Demonstrator) konsepsiyasi doirasida yaratilgan. Bu konsepsiyaga ko‘ra 2021 yilgacha AQShning barcha qiruvchi samolyotlari lazerlar bilan qurollanadi.
Lazer tizimi harbiy samolyotlar qudratini oshirishi va ularni “havo-havo” hamda “yer-havo” sinfidagi raketalardan himoya qilishi ko‘zda tutilgan. Harbiylar sinovlar tafsilotlarini sir saqlashmoqda. Biroq nashr ma'lumotlariga ko‘ra, barcha nishonlar muvaffaqiyatli urib tushirilgan.
Mavzuga oid
23:12 / 21.04.2026
Tramp: Eron bilan sulh uzaytirilmaydi, havo zarbalari qayta boshlanadi
10:45 / 21.04.2026
Tramp Eron bilan yangi kelishuvga umid qilmoqda
10:38 / 21.04.2026
Noqonuniy lazerli qurilmalar uchun jarima va musodara belgilandi
08:49 / 21.04.2026