Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘lda oshxona ishchisi bo‘lgan ayol ish boshqaruvchini pichoqlab qo‘ydi
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 5 may kuni Chinoz tumani Madaniyat mahallasida yashovchi, “Sharq yulduzi” MChJga qarashli “Orom” oshxonasi ishchisi, 26 yoshli D.M. ismli ayol ish joyida o‘zaro janjal tufayli shu oshxona ish boshqaruvchisi, 30 yoshli K.U.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada K.U. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. D.M. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
17:53 / 11.05.2026