Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda bosqinchi yo‘lovchi qo‘lga olindi
Namangan shahrida 5 may kuni noma'lum shaxs 6-kichik tuman hududidan Madaniy Maorif mahallasida yashovchi 29 yoshli I.R. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u 1-kichik tumani Olmazor ko‘chasiga yetib kelganlarida haydovchining chap ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazib, 80.000 so‘m puli va “Nokia” mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringan.
Natijada I.R. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Nurobod mahallasida yashovchi 25 yoshli I.S. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026