Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura Andijonda o‘yin ortidan sodir bo‘lgan qotillik haqida ma'lumot berdi
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida 2019 yil 6 may kuni soat 21:40larda fuqaro A.U. tanishi S.U. bilan narda o‘yini o‘ynab o‘tirib, o‘zaro janjallashgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida aytilishicha, so‘ng ular S.U.ning boshqaruvida bo‘lgan avtomashinaga o‘tirishib, ko‘p masofa yurmasdan, avtomashina ichida o‘zaro janjalni davom ettirishgan.
S.U. avtomashinani to‘xtatganida, A.U. avtomashinadan tushib S.U.ni urgan vaqtida, u avtomashinasidagi pichoq bilan A.U.ning chap ko‘krak qismiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan S.U. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
17:53 / 11.05.2026