Jahon | 10:40 / 08.05.2019
15046
2 daqiqa o‘qiladi

Ilon chaqishidan har yili 138 minggacha kishi halok bo‘lishi ma'lum qilindi 

Foto: Matt Hansen via flickr.com

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ilonlar chaqishi qurbonlari sonini ilon zahriga qarshi dorilar mavjudligi darajasini oshirish va odamlarni ularni kutayotgan xavfdan ogohlantirish yordamida kamaytirishga chorlangan yangi strategiyani taqdim qildi.

“JSST ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili 5,8 mln kishi ilon chaqishiga uchraydi, ulardan yarmi zaharli. Ilon zahridan har kuni 220-380 – yiliga 80 mingdan 138 minggacha odam halok bo‘ladi. Ilon chaqishidan keyin omon qolganlar ham ko‘pincha nogiron bo‘lib qoladilar, ularning qo‘l-oyoqlarini kesib tashlashga to‘g‘ri keladi”, deyilgan BMT saytidagi xabarda. 

Xabarda ma'lum qilinishicha, 7 may kuni JSST 12 yil ichida zaharli ilonlar chaqishi bilan bog‘liq o‘lim va nogironlik ko‘lamini 2 martaga qisqartirishda yordam berishi kerak bo‘lgan yangi strategiyani e'lon qildi.   

Yangi strategiya odamlarning zaharli ilonlar qayerda uchrashi, ular qanday ko‘rinishda bo‘lishi, qanday ziddi zaharlar qo‘llash, ularni qayerdan olish mumkinligidan xabardorligini oshirishga qaratilgan. Bu strategiya doirasida JSST yangi, samaraliroq ziddi zaharlarni ishlab chiqish va diagnostika usullarini yaxshilash sohasidagi tadqiqotlarga ko‘mak beradi.

Rasman yangi strategiyaga 23 may kuni Jyenevada Kosta-Rika va Nigeriya vakillari tomonidan start beriladi.

Mavzuga oid