Jahon | 22:42 / 10.05.2019
7622
2 daqiqa o‘qiladi

Sayyoh Fyodor Konyuxov eshkakli qayiqda Tinch okeanining janubiy qismini kesib o‘tdi

Foto: Fedora Konyuxova

Rossiyalik mashhur sayyoh Fyodor Konyuxov “Akros” eshkakli qayig‘ida dunyo bo‘ylab sayohatining birinchi va eng uzun bosqichini yakunladi. U Tinch okeanining janubiy qismini Yangi Zelandiyadan Chiligacha 154 kun 13 soat 37 daqiqada kesib o‘tdi.

Shu munosabat bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin sayyohni tabrikladi. Jumladan, Putin Konyuxov Antarktika shamollari sovug‘i, 12 ballik dovullarni yengib, Yangi Zelandiyadan Janubiy Amerikagacha 10 ming kmdan ko‘proq masofani o‘ta olganini ta'kidlab o‘tdi. 

“Sizning okean muhiti bilan kurashdagi mardligingiz va bardoshingiz butun dunyoda millionlab odamlarni hayratlantiradi”, deb aytgan Putin o‘z murojaatida.

Sayyohning dunyo bo‘ylab sayohati uch bosqichdan iborat bo‘lib, 2019 yil dekabrga Gorn burnidan Avstraliyagacha davom etuvchi 2-bosqichi, 2020 yil dekabrga Avstraliyadan yana Yangi Zelandiyaga o‘tishdan iborat 3-bosqichi belgilangan.

Har bir bosqichning o‘rtacha davomiyligi 120 kunni, bosib o‘tiladigan umumiy masofa esa 27 ming kmni tashkil qiladi. Sayyoh o‘z sayohatini 2021 yilda yakunlamoqchi.

Sayyohning rafiqasi Irina Konyuxovaning ma'lum qilishicha, turmush o‘rtog‘ining sayohat davomida sog‘lig‘i yomonlashgan. Uning tiklanishiga ma'lum vaqt ketishi mumkin. Shu sababli sayyoh sayohatining 2-bosqichini qachon boshlashini Moskvaga bir necha kundan keyin qaytgach ma'lum qiladi.

Foto: konyukhov.ru

Mavzuga oid