Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidagi turizm hududlarida xizmat qiluvchi YHXB xodimlariga «Malibu» va «Treker»lar ajratildi
Toshkent viloyatining tog‘li Bo‘stonliq va Parkent tumanlari nafaqat hamyurtlarimizni, balki xorijiy sayyohlarni ham o‘ziga jalb etadi. Ayniqsa, havo harorati ko‘tarilib, kunlar qiziy boshlagach tog‘li hududlarga intilib, toza va musaffo havodan to‘yib nafas olib, mazmunli hordiq chiqarish istagida bo‘lganlar soni ortaveradi. Bu esa ularning xavfsizliklarini ta'minlash ishlariga yanada mas'uliyat bilan yondashishni taqozo etadi.
Toshkent viloyat IIB YHXB xabariga ko‘ra, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari sayyohlik yo‘nalishlarini aniqlashtirib, u joylarda xizmat olib borish uchun zamonaviy patrul avtomobillarini shay holatga keltirishdi. Bu ishga Ichki ishlar vazirligi, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, viloyat hokimligi ham o‘z ulushini qo‘shishdi.
Jumladan, yaqinda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining aynan tog‘li hududlarga xizmat ko‘rsatuvchi otryadiga uch dona “Malibu” va 7 dona “Treker” rusumidagi avtomobillar ajratildi.
Mazkur avtomobillarning barchasi kerakli jihozlar bilan butlanib, maxsus grafikalar chizilib patrul avtomobillariga aylantirildi. Ularga yo‘l-patrul xizmatining tajribali xodimlari biriktirildi.
Mavzuga oid
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
10:25 / 14.07.2026
O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni ko‘payishi mumkin
09:25 / 14.07.2026
Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi
17:51 / 07.07.2026