Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda ayol kishi MIB xodimini kaltakladi va EKIH 3 barobari miqdorida jarimaga tortildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi inspektori o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtida kaltaklandi. Bu haqda «Zamon» ko‘rsatuvida videolavha e'lon qilingan.
Ma'lum bo‘lishicha, davlat inspektori xonadonning energiya resurslari uskunalari ko‘rsatkichlarini ko‘rikdan o‘tkazadi va elektr energiyasidan vujudga kelgan 349 000 so‘mlik qarzdorlik uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan talabnomani beradi.
Lekin talabnoma muddati o‘tsa ham, qarzdorlik bartaraf etilmaydi. Xonadonni elektr energiyasi tarmog‘idan ajratishga borgan davlat inspektoriga ushbu xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro qarshilik ko‘rsatib, shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi turli so‘zlar bilan haqorat qilib, xizmati vazifasini bajarishga to‘sqinlik qiladi hamda tan jarohati yetkazadi.
Ushbu holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, Beruniy tuman ma'muriy sudi qarori bilan fuqaroga eng kam oylik ish haqining 3 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
20:15 / 28.02.2026
Jizzaxda alimentdan qarzdorlar elga ovoza qilinyapti. Huquqiy davlatda bu to‘g‘rimi?
16:05 / 23.02.2026