AQShda S-300 majmualari aniqlandi. Bunga tushuntirish berildi
Sun'iy yo‘ldoshlardan olingan suratlarda AQShdagi harbiy poligonda aniqlangan S-300PT zenit-raketa tizimlari u yerga Ukrainadan tushgan bo‘lishi mumkin. Shunday fikrni “Natsionalnaya oborona” jurnali bosh muharriri Igor Korotchenko bildirdi.
AQShdagi poligonda sobiq ittifoqda ishlab chiqarilgan qurolning paydo bo‘lgani haqida Defence Blog sayti ma'lum qilgan. Sun'iy yo‘ldoshlardan olingan suratlarda tizim tarkibiga kiruvchi radiolokatorli boshqaruv punkti, 30N6 turidagi nishonga yo‘naltirgich va 2 ta pusk qurilmasi ko‘rsatilgan. Biroq suratdagi bu komponentlar haqiqiyligi, poligonning nomi va joylashgan o‘rni noma'lum.
Korotchenkoning ta'kidlashicha, Kiyev Pyotr Poroshenko prezidentligi vaqtida Pentagonga sobiq ittifoqda ishlab chiqarilgan harbiy texnika namunalarini taqdim qilgan. “Ehtimol shu kelishuv doirasida AQShga eski S-300 tizimini AQSh harbiylari tomonidan o‘rganilishi va bunday tizimlarga qarshi usullar ishlab chiqilishi maqsadida yetkazish bo‘yicha shartnoma imzolangan bo‘lishi mumkin”, deb taxmin qilgan Korotchenko.
Biroq mutaxassisning aytishicha, tizimning bu modifikatsiyasini o‘rganish amerikaliklarga hech qanday naf bermaydi, chunki u allaqachon eskirib bo‘lgan. “Rossiyaning S-400 turidagi zamonaviy texnikasi eski “uch yuzlar” bilan hech qanday umumiylikka ega emas”, deb qo‘shimcha qilgan mutaxassis.
Ma'lum qilinishicha, S-300 oilasiga mansub tizimlar AQShga NATO bo‘yicha bir necha ittifoqdosh davlatlar – Bolgariya va Slovakiyada hamda Vashington bilan yaqindan hamkorlik qiluvchi davlatlar, misol uchun Ukrainada mavjud.
S-300 majmualari sobiq ittifoqda 1975 yildan boshlab ishlab chiqarilgan.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024