«Kampirravot» suv ombori, «Andijon dengizi» deya ataluvchi mahobatli suv inshooti haqida juda ko‘p eshitganimiz bor.

Andijon viloyatining Xonobod shahriga kiraverishda «Andijon dengizi» yozuvi bitilgan monumentga ko‘zingiz tushadi. Katta yo‘ldan o‘ng tomonga qarasangiz, uzoqdan mahobatli to‘g‘onni ko‘rasiz.

Mazkur suv saqlash inshooti jiddiy qo‘riqlanishi bois uning yoniga borish, to‘g‘on va GESlarni tomosha qilish oddiy kishi uchun qiyin masala.

Suv omboriga qilgan birinchi sayohatimiz davomida uning damba qismi, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi generatorlari joylashgan hududiga emas, balki, suv omborining umumiy ko‘rinishi va katta miqdordagi suv qanday yig‘ilishiga qiziqdik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Buning uchun esa, tog‘-u toshlar, tik, xavfli dara yo‘lidan o‘tib avtomashinada 2 soat yurish kerak ekan.

Andijon viloyat turizm boshqarmasi mazkur sayohatni tashkil etishda yaqindan yordam berdi.  

«Kampirravot» suv ombori haqida internetda yo‘q bo‘lgan ma'lumotlarni berib o‘tamiz:

«Kampirravot» suv ombori – Tyan-Shan tog‘ tizmalarining 5 irmog‘idan paydo bo‘luvchi Qoradaryo o‘zaniga qo‘yilgan gidrotexnika inshootidir. U 1962 yili loyihalashtirilib, 1968-1982 yillarda qurib bitkazilgan. Suv  ombori qurilishidan oldin ikki qoya o‘rtasidan xuddi darvozasifat (ravot) tabiiy yoriq  va o‘sha joyda xuddi boshida savat bilan turgan kampirni eslatuvchi qoyatosh bo‘lgani sababli «Kampirravot» nomini olgan