Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshshahartransxizmat» 38-avtobusda sodir bo‘lgan holat bo‘yicha ma'lumot berdi
Joriy yil 13 may kuni 4-avtobus saroyi tasarrufidagi 38-yo‘nalishda qatnovchi saroy raqami 37 bo‘lgan «Mersedes-bens» rusumli avtobusda noxush voqea yuz berdi.
«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, yo‘lovchi yigit hech bir sababsiz salon ichida to‘siq maqsadida o‘rnatilgan oynani sindirib, avtobusdan tushib qochib ketgan.
Boshqa yo‘lovchilarning guvohlik berishicha atrofdagilarga hech qanday zarar yetmagan. Ammo yigitning o‘zi jarohat olgan.
Ushbu voqea yuzasidan ichki ishlar organiga xabar berilgan.
«Yuz berayotgan ana shunday holatlarni inobatga olib, «Toshshahartransxizmat» AJ rahbariyati barcha yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlaridan jamoat transportlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni, uni asrab-avaylab, ko‘p yillar xalqimizga soz holda xizmat qilishiga o‘z hissalarini qo‘shishlarini yana bir karra so‘rab qoladi», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:30 / 04.02.2026
Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
17:45 / 30.01.2026
Farg‘ona shahriga Xitoydan 24 ta avtobus olib kelindi
12:26 / 26.01.2026
Buxoro shahrida ham avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi
11:43 / 22.01.2026