Dengiz sayohatiga çiqqanmisiz? Doimiy tölqinlarga qarşi suziş natijasida boş oğrişi, köngil aynişi va kişi qayt qilişi mumkin. Bu «dengiz kasali» deyiladi. Avtobuslarga ötirganingizda ham, manzilga yetgunça ana şunday «kasallik» bilan oğrib qolasiz. Xuddi asfalt yölda, zamonaviy avtobusda emas, çeksiz ummonning tölqinlariga qarşi kemada harakatlanayotgandek bölasiz. Bunga yöl harakati qoidalariga amal qilmaydigan, mijozni körib qolsa, uçinçi qatordan qayrilib yuboradigan taksiçi va odamlarni «kartoşka» deb öylaydigan avtobus haydovçilari sabab bölişadi.
«Har kuni 79 yoki 69-avtobusda öqişga boraman. Yöl 15-20 daqiqalik bölsa ham, 40-50 daqiqa oldin bekatga borişga majburman. Çunki yönalişdagi avtobuslar bir-biri bilan poyga öynaydi. Bir-birini quvib ötib ketişadi va bu poygaga ulgurmagan odamlar keyingisini kamida 30-40 daqiqa kutadi»
Rahmonova Maşhura (yölovçi)
«3 yildan beri 131 va 116-avtobusda Jahon tillari universitetiga qatnayman. Bu yönalişdagi avtobuslar bir-biriga raqib. Köp hollarda ikki avtobus bir vaqtda kelib, keyingilari juda ham keçikadi. Poygaga berilib bekatlarda töxtamay ötişadi. Eng yomoni yölovçilarni naqd pul beradigan va oylik yöl çiptasidan foydalanadigan yölovçilarni ajratişadi. «Ana, yana bitta *** qölida proyezdnoyi bilan çiqyapti» deganlarigaça eşitganman. Poyga oqibatida bir-birining yöliga çiqib ketişadi va birdaniga tormoz bosiladi. Butun avtobus ağdar-töntar bölib ketadi».
Valiyeva Ozoda (yölovçi)
Ertalab öqiş va işga ketayotgan avtobus içidagi odamlar tiqilinçda zörğa nafas olişadi. Ana şu odamlar soliq ham, yölkira ham tölaydi. Bu muammolar şunçalik «qadrdon» bölib ketganki, odamlar uning muammoligini ham unutib yuborişgan. Zamonaviy sitilar qurilyapti, ammo jamoat transportlari sitiga mosmi! Butun dunyoda elektron tizimdan foydalanilayotgan paytda biz hali ham avtobuslarga naqd pul tölab yuribmiz. Şuning uçun ham bir yönalişda bölgan avtobuslar yölovçi talaşib poyga öynaşyapti.
«Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-sonli qaroriga asosan yölovçi va taşuvçi örtasida muayyan şartnoma tuziladi. Şartnomaning hujjati çipta hisoblanadi. Yölovçilar oqimi va naqd pul tuşumi mazkur vosita (çipta) orqali hisoblanadi











