Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon tumanida zamonaviy ko‘rinishdagi davlat xizmatlari markazi ish boshlaydi
Andijon viloyatining Andijon tumanida Adliya vazirligi, viloyat va tuman budjeti mablag‘lari evaziga zamonaviy arxitektura, aholiga xizmat ko‘rsatish uchun barcha qulayliklar jam bo‘lgan davlat xizmatlari uyi ochilish arafasida.

Fuqarolarga xizmat qilish uchun so‘ngi tayyorgarlik ishlari olib borilayotgan markazga Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov kelib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Markazda elektron navbat tizimi joriy etilgan, fuqarolarga yuzdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Notarial xizmatlar, fuqarolik holati dalolatnomalari yozish, pasportni rasmiylashtirish, haydovchilik guvohnomasini almashtirish va boshqalar shu yerning o‘zida amalga oshiriladi.

Aholi uchun barcha qulayliklar yaratilgan markazda - bolalar maydonchasi, kafe, kitob javonlari, bepul Wi-Fi tashkil etilgan. Kutish zallari, kafe ham ular xizmatida.

Markazga kelishi uchun imkoniyati bo‘lmagan chekka qishloq va mahallalarda yashaydigan aholi uchun maxsus transportlarda joylarga chiqqan holda xizmat ko‘rsatiladi.




Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
20:01 / 12.10.2025
Andijonda piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bolalarni mashina urib ketdi
16:35 / 29.01.2025
Andijon tumanida kitob o‘qigan ayollarga kommunal to‘lovlar to‘lab beriladi
14:18 / 15.01.2025
Mansab vakolatini suiiste’mol qilib sudlangan Andijon tumani sobiq hokimi viloyat kasaba uyushmalari kengashiga rais bo‘ldi
10:09 / 11.07.2024