Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bolalarni mashina urib ketdi
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda oldinroqdagi Damas piyodalarga yo‘l berish uchun to‘xtaganiga qaramay, Nexia-3 tezligini pasaytirmagani va bolalarni urib yuborgani aks etgan.
Andijon viloyati Andijon tumanida piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan bolalarni mashina urib yubordi. Andijon viloyati YHXB matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2025 yil 12 oktyabr kuni soat 14:30 larda, Andijon tumani «Qurama» MFY hududidan o‘tgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lining 343 kilometrida 1969 yilda tug‘ilgan haydovchi S.R. o‘zining Nexia-3 rusumli transport vositasini «Bog‘ishamol – Jalaquduq» yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lning o‘ng tarafidan chap tarafiga kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan piyodalar N.Ya va N.I.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu YTH oqibatida N.I. «Chap oyog‘ining yopiq sinishi» jarohati bilan RShTTYoIM Andijon filialiga yotqizilgan. Ikkinchi bolada esa jarohat qayd etilmagan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026
Mundialdagi debyutga rasmiy baho, qimmatlayotgan benzin va o‘pirilgan damba - hafta dayjesti
13:12 / 04.07.2026
“Malibu bolani 100 metrgacha sudrab ketgan” – Andijondagi mudhish hodisa tafsilotlari
10:30 / 04.07.2026