Andijon tuman hokimi Boburjon Yuldaşev taşabbusi bilan 20 yoşdan 45 yoşgaça bölgan onalar örtasida «Ma’rifatli ona» kitobxonlik tanlovi ötkaziladi, deb xabar berdi tuman hokimligi.

«Ota-onasi kitob öqisa, buni körgan bolasi ham kitob öqiydi», dedi Yuldaşev tanlov haqida e’lon qilar ekan.

Ta’kidlanişiça, har bir mahalladan kamida bir oila tanlovda iştirok etadi va ğoliblarning kommunal tölovlari tölab beriladi.

Jumladan, uç nafar 1-örin egasiga 6 oylik elektr, gaz, içimlik suvi va boşqa turdagi kommunal tölovlarga vauçer beriladi.

Uç nafar 2-öringa 4 oylik kommunal tölovlar, uç nafar 3-öringa 2 oylik kommunal tölovlar uçun vauçer beriladi.