Andijon tumanining sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasining Andijon viloyati kengaşi raisi lavozimiga tayinlandi. Tayinlov 2024 yilning 18 dekabr kuni kengaşning yil yakunlariga bağişlangan yiğilişida e’lon qilingan.
Sobiq hokim tayinlovga qadar Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyuşmasi respublika kengaşining Andijon viloyati böyiça mas’ul taşkilotçisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Abdujabbor Egamberdiyev 2021 yil fevralidan 2022 yil sentabrigaça Andijon tumaniga hokimlik qilgan. U sayyor qabulda fuqarolarga poygakdan joy berganidan keyin internetda maşhur bölgandi. Söngra Egamberdiyev prezident qarori bilan davlat xizmatçisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, ötkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yöl qöygani va faoliyatidagi boşqa kamçiliklari uçun egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.
Öşanda ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari örtasida muhokamalarga sabab bölgan bu holat “örta asr xonliklari davrini eslatayotgani”, Egamberdiyev özini hokim emas xondek tutayotgani tanqid qilingan. Tuman hokimligi esa bu holatni «ijtimoiy masofa saqlaş» zarurati bilan izohlaşga uringandi.
Keyinçalik Abdujabbor Egamberdiyev sudlangani ma’lum böldi. Jinoyat işlari böyiça Marhamat tuman sudining 2023 yil 8 fevraldagi hukmiga muvofiq Abdujabbor Egamberdiyev özboşimçalik, mansabga sovuqqonlik bilan qaraş hamda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 2-qismi va 61-moddasi tartibida 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda, oylik iş haqining 20 foizini davlat daromadiga uşlab qoliş şarti bilan 2 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.
Egamberdiyev va uning himoyaçisi tomonidan sudga ötalmay qolgan mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda işlaş huquqidan mahrum qiliş jazosidan Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş haqidagi arizasi taqdim etilgan. Jinoyat işlari böyiça Oltinköl tuman sudining 2024 yil 18 yanvardagi ajrimi bilan A.Egamberdiyevning arizasi qanoatlantirilib, u faqatgina ötalmay qolgan 1 yil 3 oy 16 kun mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qiliş qöşimça jazosini ötaş muddatidan ilgari şartli ozod qilingan.

















