Özbekiston yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş respublika boşqaruv apparati qoşidagi «Biznes klub»  tinglovçilari va tadbirkorlikka qiziquvçi yoşlar «Biznes-ekspress»  loyihasi doirasida Toşkent şahrida oilaviy tadbirkorlar bilan uçraşişdi. 

Biznes tur Davlat soliq qömitasi, Markaziy Bankning Toşkent şahar Boş boşqarmasi hamda Toşkent şahar hokimligi hamkorligida taşkil etildi. Loyihani taşkil etişdan maqsad Özbekistonda oilaviy tadbirkorlikni yanada ommalaştiriş va yoşlarda bu borada tadbirkorlik könikmalarini şakllantirişdir.

Biznes-trening bir neça manzillarda ötkazildi. Avvaliga qatnaşuvçilar Olmazor tumanidagi «Gulnora»  oilaviy mehmonxonasiga taşrif buyurişdi. Oilaviy tadbirkor Gulnora Karimova sohadagi tajribasi bilan örtoqlaşdi.

«20 yildan beri mehmonxona biznesi böyiça oilam birga şuğullanib kelamiz. Boşida mehmonlarni qanday jalb qiliş böyiça qiynalganmiz. Bozor katta, raqobatdoşlarimiz yetarliça. Nima qiliş kerak? Avvalo, biznesingizda öziga xoslikka ega böling. Öz oldingizga savol qöying: mehmon nima uçun aynan mening mehmonxonamga kelişi kerak? Saranjomlik, xuşmuomala böliş eng muhim jihatlardir. Bu mavsumiy biznes. Doimiy daromad oliş imkoniyati çeklangan. Şunga ham katta e'tibor bering» , - deya maslahat berdi Karimova.

Tadbirkorning aytişiça, oilaviy mehmonxonaning bir çoraklik tuşumi örtaça 200 mln.sömni taşkil qiladi. Sof daromad esa 50 mln.söm. 5 ta işçisiga ega korxona bir vaqtda 32 kişiga xizmat körsata oladi. Mehmonlar soni mavsumga qarab özgaradi va bu vaqtda 20 ga yaqin sayyoh kutib olinadi.

Tur iştirokçilarining keyingi manzili Toşkentning Avayxon mahallasi non va qandolatçilik mahsulotini işlab çiqaruvçi Zuzzi korxonasi böldi. Uning rahbari 19 yoşli Zilola Usmonova öz faoliyati haqida ma'lumot berdi.

«Ötgan yilning dekabr oyida Markaziy Bank tomonidan 3 yil muddatga kredit oldim. Fevral-mart oylarida bizga berilgan obektni ta'mirlab jihozlaşga ulgurdik. Hozirda 2 nafar işçimiz bor. Kuniga 400 ming söm daromad qilmoqdamiz. 24 xildagi mahsulot çiqarib savdoga qöyamiz. Asosiy iste'molçilarimiz mahalla ahli va maktab öquvçilaridir» .

Uçraşuvda hamkor taşkilot vakillari ham qatnaşdi. Iştirokçilar kredit, yer oliş, biznesni qay tartibda boşlaş, qaysi taşkilotlarga murojaat qiliş, soliq tölaş tizimi va boşqa muhim mavzular böyiça savollariga javob olişdi.