«Barselona» hujumçisi Lionel Messi Ispaniyaning Ibitsa orolida mehmonxona sotib oldi.
The Sun xabariga köra, mehmonxona maşhur kurortning ikkinçi qirğoq çiziğida joylaşgan. Bu hudud sayyohlar orasida juda maşhur hisoblanadi.
Messi mehmonxona uçun qança tölagani ma'lum emas. Binoda 52ta xona mavjud bölib, bir kunlik tunaş narxi 525 funtgaça borişi mumkin.
Ar-deko uslubidagi bu bino 1959 yilda qurilgan, 2014 yilda töliq qayta quriş işlari olib borilgan. Mehmonxonada ulkan basseyn hamda tomdagi bar mavjud.
Bundan avvalroq Lionel Messi Barselona viloyatida, Sidjyessda 26 million funt sterlingga mehmonxona sotib olgandi.

















