Joriy yilning 13 aprel kuni KUN.UZ saytida “Yakkaboğ tumani rahbarlari yoş tadbirkorga nega “köça”çasiga şart qöymoqda?” sarlavhasi ostida tahliliy maqola e'lon qilingan edi. Unda Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida faoliyat yuritayotgan yoş tadbirkor Sanjar Safarov va tuman rahbarlari örtasida yer masalasi böyiça turli munozaralar bölgani haqida yozilgan edi.
Kuni keça Sanjar biz bilan boğlandi. Uning ovozida xuşkayfiyat alomatlari sezilib turar edi.
- Bu maqola çiqqaç, oradan tört-beş kun ötib, meni hokimiyatga çaqirişdi. Rahbarlar bilan özaro kelişib, ular menga 22 gektar yer maydonini beradigan bölişdi va bu haqdagi qarorni qölimga tutqazişdi. Şaxsan tuman hokimining örinbosari Mansur Töymayev mazkur işda tuşunmovçilik bölganini, tumandagi tadbirkorlar hokimiyat tomonidan doim qöllab-quvvatlanişini aytdi. Bugun juda xursandman va ayni damda yerni haydaş işlarini boşlab yubordim.
Bu, albatta, quvonarli hol. Çunki mazkur yerga işlov beriş, uni kökartiriş va buning ortidan hosil oliş işlari ortida kimdir mehnat örni bilan ta'minlanadi. Buning ortidan qançadan qança rözğorning qora qozoni qaynaydi. Bugun prezident Şavkat Mirziyoyevning istagi ham xuddi mana şunday. Zero, tadbirkor bugun qançalik kuç-quvvatga ega bölsa, öşa yer, öşa makon şunçalik obod böladi, şunçalik taraqqiyotga yuz tutadi.
Sarvar Anvar öğli,
KUN.UZ muxbiri
















