10 yanvar kuni "Özbekiston" mehmonxonasining anjumanlar zalida davlat organlari vakillari, Toşkent şahri, Toşkent va Sirdaryo viloyatlarining turizm sohasidagi mehmonxona xizmatlarini taqdim etuvçi tadbirkorlik sub'yektlari iştirokida majlis bölib ötdi. 

Tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-sonli "Özbekiston Respublikasi turizm sohasini tezkorlik bilan rivojlantirişni ta'minlaş böyiça çora-tadbirlar töğrisida"gi farmoni ijrosini ta'minlaş maqsadida ötkazildi. Şuningdek, Davlat turizm qömitasi faoliyatining ustuvor yönalişlari aniqlab olindi: turizmni tezkorlik bilan rivojlantiriş konsepsiyasini şakllantiriş va amalga oşirişni ta'minlaş, turizm sohasida yagona davlat siyosatini yuritiş. 

Yiğilişda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi A.Şaropov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Şayxov, TIV örinbosari D.Hakimov, Markaziy bank departamenti rahbar örinbosari, respublika vazirlik va idoralar xodimlari, mehmonxona xizmatlarini taqdim etuvçi 150dan ortiq xususiy tadbirkorlik sub'yektlari vakillari va OAV qatnaşdi. 

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan turizm sohasini rivojlantiriş konsepsiyasining taqdimot materiallari va 2017-2021 yillar uçun aniq çora-tadbirlar dasturi taqdim etildi, şuningdek, turistik xizmatlarni litsenziyalaş va sertifikatlaştiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, iştirokçilar e'tiboriga mehmonxona xöjaligi hisobotini soddalaştirişga qaratilgan «Mehmonxona» zamonaviy axborot tizimi namoyiş qilindi. 

Davlat turizm qömitasi raisi A.Şaropov mamlakatning boşqa hududlaridagi tadbirkorlar uçun ham ana şunday tadbirlar taşkillaştiriş tajribasini davom ettirişni taklif qildi. 

12-13 yanvar kunlari Buxoro va Samarqand şaharlarida Davlat turizm qömitasi vakillari mamlakat rahbariyati tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq, Özbekiston turizm sanoatining tezkorlik bilan rivojlanişiga yönaltirilgan tadbirlar ötkazişga kelişib olişdi. 

Tadbirlarda nafaqat Buxoro va Samarqand, balki Jizzax hamda Navoiy viloyatlarining turistik kompaniyalari va mehmonxona biznesi vakillari iştiroki ham közda tutilmoqda.