53 yoşli amerikalik tadqiqotçi va sarmoyaçi Viktor Veskovo boşçiligidagi Five Deeps ekspeditsiyasi dunyoning eng çuqur nuqtasi – Mariana botiğining eng tubiga yetib, kutilmagan manzara guvohi böldi.   

Veskovoning DSV Limiting Factor suv osti kemasi 10928 metrlik çuqurlikka şönğiy oldi. 13 mayda ekspeditsiya Mariana botiğiga şönğiş böyiça yangi rekord örnatilganini e'lon qildi. Avvalgi rekord 10912 metrni taşkil qilib, 1960 yilda okeanşunoslar Don Uolş va Jak Pikar tomonidan “Triyest” kemasida örnatilgan.

Uşbu rekord egasi Uolş ham Veskovo kemasi bortida bölgan.

Ekspeditsiya Mariana botiğining Çellenjyer deb ataluvçi çuqurligida ötgan. Rekord şönğişni “Diskaveri” kanali tasvirga olgan.

Foto: Caladan Oceanic LLC
Foto: Caladan Oceanic LLC

Veskovo jamoasi botiqning tubiga beş marta tuşgan. Olimlarning aytişiça, ular 8 km çuqurlikda puştirang şilliqqurtni hamda qisqiçbaqasimonlarning 4 ta yangi turini uçratişgan. Biroq eng “hayratlanarli topilmalar” plastik paket va bir neçta konfet qoğozi bölgan. Tadqiqotçilarning ta'kidlaşiça, olimlar topilgan jonzotlarda qança miqdorda mikroplastik borligini aniqlaş uçun ularda sinov ötkazişadi. Ekspeditsiya iştirokçilari insoniyatning ekologiyaga ta'siri sayyoramizning eng olis nuqtalarida ham körinayotganini afsus-nadomat bilan ta'kidlab ötişgan.