Aholi yildan yilga köp va yana köp plastik paketlardan foydalanmoqda. Xususan Özbekistonda yiliga bu körsatgiç 26,2 ming tonnani taşkil etmoqda.
Toşkent viloyati Oqqörğon tumani, Sultonobod MFY yaşovçi, mahalla faoli Xalil Qarşiboyev ham çiqindi masalasi öz yeçimini kutayotgan asosiy muammolardan biri sanaladi, agar u zudlik bilan hal etilmasa, yaqin orada barçamiz global çiqindixonada yaşaşga majbur bölamiz, deb hisoblaydi. Plastik paketdan samarali foydalaniş, şu orqali insoniyatning ekologiyaga salbiy ta'sirini kamaytiriş maqsadida 2019 yil 1 yanvardan boşlab Özbekistonda plastik paketlar pulli etib belgilandi.
Plastik paketlar, asosan, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan – neft va gazdan tayyorlanadi. Aksariyat plastik paketlar yer yuzida 1000 yil, suvda 450 yilda parçalanuvçi polietilendan tayyorlanadi.
Suv va quruqlikdagi hayvonlarning ozuqa izlab, plastik paketlar yeb nobud bölişi kabi holatlar yildan yilga oşib bormoqda. Negaki tirik mavjudotlar organizmining plastik paketlar hazm qiliş imkoniyatiga ega emas.
Xitoyda 2008 yil 1 iyundan boşlab juda ham yupqa (qalinligi 0,025 mm.gaça) polietilen paketlarni işlab çiqariş hamda ularni savdo dökonlarida bepul tarqatiş ta'qiqlangan. Xitoy xalq respublikasi Davlat kengaşi mazkur qarorni mamlakatda aholi tomonidan haddan ziyod köp polietilen mahsulotlaridan foydalanilişi, öz navbatida ularni örnatilgan tartibda qayta işlaş va utilizatsiya qiliş imkoni mavjud emasligini hisobga olgan holda qabul qildi. Mazkur yangi qaror talablarini buzgan savdo dökonlari katta miqdordagi jarimaga tortiladi yoxud mahsulotlari konfiskatsiya qilinadi.
Lyuksemburgda 2004 yildan boşlab aholi örtasida şunday tarğibot kompaniyasi boşlandiki, unga köra odamlar öziga qulay bölgan hamda qayta va yana qayta işlatişi mumkin bölgan sumkalardan (mahalliy aholi bu kabi sumkalarni Öko-Tut deb nomlaydi) foydalanişga va polietilen paketlardan voz keçişga da'vat etdi. 2007 yilga kelib esa bir marotabalik polietilen paketlarni bepul tarqatiş man etildi, 2009 yilga kelib bunday paketlardan foydalaniş 55 mln.dan 6,5 mln.gaça tuşdi. Öko-Tut sumkalari Yevropa komissiyasi tomonidan polietilen çiqindilarini kamaytiriş böyiça eng yaxşi namuna sifatida e'tirof etilib, maxsus sovğani qölga kiritgan.
Ötgan yili Keniyada plastik paketlarni olib kiriş, foydalaniş va işlab çiqarişni taqiqlovçi qonun kuçga kirdi. Unga asosan, qonunbuzarlarni 4 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş yoki 40 ming AQŞ dollarigaça jarimaga tortiş mumkin.
Şuningdek, hozirda BMTning dengiz çiqindilariga qarşi kuraşiş böyiça tarğibot kompaniyasi doirasida poletilen paketlaridan foydalanişni çeklaş yoki plastik materiallar bilan qadoqlangan mahsulotlarni yuqori soliq stavkasi bilan soliqqa tortişni taklif etilmoqda.

















