Özbekistonda 2025−2027 yillarga möljallangan plastik bilan ifloslanişni kamaytiriş böyiça milliy dastur loyihasini işlab çiqiş rejalaştirilmoqda. Bu jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan «Özbekiston–2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asraş va «yaşil iqtisodiyot» yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi» loyihasida nazarda tutilgan.
Jumladan, 2027 yildan boşlab plastik paketlarni işlab çiqariş, olib kiriş va ulardan foydalanişni taqiqlaş hamda ekologik jihatdan zararsiz (bioparçalanuvçi) paketlardan foydalanişni rağbatlantiriş taklif etilgan.
Bundan taşqari, plastik mahsulotlarining kimyoviy tarkibidagi zararli moddalardan foydalanişni çeklaş va qadoqlarda qayta işlangan plastikdan foydalaniş koeffisentlarini belgilaş rejalaştirilgan. Hujjat loyihasi 2025 yilning sentabrigaça işlab çiqilişi va 2025 yilning noyabrigaça Vazirlar Mahkamasiga kiritilişi kerak.
Davlat dasturini amalga oşiriş töğrisidagi prezident qarori loyihasiga köra, 2025 yil 1 noyabrga qadar plastik qadoqlarni yoki plastik qadoqlarda mahsulot işlab çiqaruvçi hamda import qiluvçilarga «taralarni qaytariş», uşbu turdagi çiqindilarni qabul qiluvçi maxsus joylar va uskunalarni örnatiş orqali yiğib oliş va utilizatsiya qiliş, utilizatsiya yiğimini tölaş böyiça kengaytirilgan majburiyatni joriy qiliş majburiyatini yuklaydigan qonun loyihasini işlab çiqiş ham közda tutilgan.
Hozirgi vaqtda Keniya, Uganda, Ruanda, Tanzaniya, Eritreya, Malavi, Janubiy Afrika, Mavrikiy, Mozambik, Bangladeş, Xitoy (qisman), Tayvan, Hindiston (ayrim ştatlar), Fiji, Papua-Yangi Gvineya, Bermuda, Bahama orollarida plastik paketlardan foydalaniş töliq taqiqlangan.
Qisman taqiqlangan yoki plastik paketlardan foydalanişga yuqori soliq joriy qilingan mamlakatlar: Fransiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Belgiya, Niderlandiya, Daniya, Şvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Kanada (ba’zi provinsiyalar), AQŞ (ba’zi ştatlar) va Avstraliya (ba’zi ştatlar).

















