09:00 / 17.05.2019
18305
Reklama

Benkam Alu Extrusions alyuminiy profillarni AQShga eksport qilmoqda

Foto: Benkam Alu Extrusions

Benkam Alu Extrusions kompaniyasi AKFA GROUP xoldingiga kirib, u butun O‘rta Osiyodagi eng katta alyuminiy profil ishlab chiqarish zavodiga ega.

Kompaniya turli sohalardagi tashkilot va muassasalar bilan yaqindan hamkorlik qilar ekan, xalqaro bozorni chuqur o‘rganib, o‘z eksport salohiyatini kengaytirishga imkon yaratmoqda. 

Masalan, o‘tgan yili, Benkam Kanada, Yevropa, va MDH davlatlariga 5 000 tonna alyuminiy profilni eksport qildi.

Foto: Benkam Alu Extrusions

Bu yilning may oyida, Benkam Alu Extrusions uzoq muddatli hamkorlik maqsadida, AQShning Jorjiya shtatidagi, avtoulovlarga kuzov va treyler ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya bilan (uning nomi tijoriy sirni saqlash maqsadida, ko‘rsatilmaydi) shartnoma imzoladi.

Birinchi, 18 tonnalik yuk mijozga yuborildi. Yillik umumiy mahsulot eksporti hajmi 850 tonnani tashkil etadi.

Foto: Benkam Alu Extrusions

BENKAM kompaniyasining texnik va texnologik imkoniyatlari, shuningdek, bu yerda ishlovchi Yevropaning yuqori malakali mutaxassislari eng qiyin va nostandart loyihalar uchun buyurtmalarni bajarishga imkon yaratadi.

Benkam Alu Extrusions:

  • O‘z alyuminiy profillarini Italiya va Koreyadan olib kelingan, uch yuqori texnologik presslarda ishlab chiqaradi; 
  • Barcha jarayonlarni avtomatizatsiyalashtirgani sababli, ko‘p miqdordagi nuqsonlarning oldi olinib, ishlab chiqarishdagi aniqlik darajasi oshirilgan;
  • Alyuminiy qotishmalari bilan ishlaydi, shu sabali,  Benkam tizimlari korroziyaga uchramaydi, mustahkam bo‘lib, harorat o‘zgarishida o‘z strukturaviy hossalarini saqlaydi.

Bundan tashqari, har bir profil jahon sifat standartlari va barcha texnologik talablarga to‘liq javob beradi.   

BENKAM – muvaffaqiyat sari qadam! 

Reklama huquqi asosida

Top