O‘zbekiston TIV Saudiya Arabistonidagi neft quvurlariga dronlar hujumidan tashvishda ekanini bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Saudi Aramco kompaniyasi bilan yuz bergan hodisa bo‘yicha bayonot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda Saudi Aramco Saudiya davlat kompaniyasiga tegishli ikkita neft nasos-kompressor stansiyasiga qarshi uchuvchisiz qurilmalar aksiyalari tashvish bilan qabul qilingan.
«Mazkur provokatsiyalar neft stansiyalarida ishlovchi insonlar hayotiga jiddiy tahdid soladi», - deyiladi bayonotda.
Vazirlik dunyo hamjamiyatini barqaror neft yetkazib berishga va dunyo iqtisodiyoti rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi shu kabi harakatlarga bundan keyin yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni podshohlikning energetika, sanoat va mineral resurslar vaziri Xolid al-Folih Saudiya Arabistondagi markaziy neft quvuri uchuvchisiz aviatsiya tomonidan hujumga uchragani haqida xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, seshanba kuni ertalab neft quvuriga portlovchi moddalar o‘rnatilgan uchuvchisiz qurilmalar yordamida hujum uyushtirilgan. Oqibatda sakkizinchi raqamli stansiyada yong‘in kelib chiqqan.
Saudiyaning Aramco davlat neft kompaniyasi yetkazilgan zararni aniqlash va ta'mirlash uchun quvur orqali neft yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatgan.
Mavzuga oid
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
09:25 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
18:01 / 10.11.2024