Temir yo‘l vokzallaridagi bepul xizmatlar turlari aniqlashtirildi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish Qoidalariga muvofiq vokzallarda va chipta kassalarida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan, chiptalar sotilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan xizmatlar uchun barcha turdagi qo‘shimcha yig‘imlarni undirish, monopoliyaga qarshi kurashish organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Temir yo‘l vokzallarida va chipta kassalarida ko‘rsatilayotgan pullik hamda bepul xizmatlarni ajratish maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda yo‘lovchilarga temir yo‘l vokzallarida hamda yo‘nalish davrida ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar Ro‘yxatini tasdiqladi.
Monopoliyaga qarshi qo‘mitaning matbuot xizmati xabarida aytilishicha, yuk tashish aravachasini taqdim etish, kutish zalidagi Wi-Fi internet (2 soatgacha), nogironlar uchun arava, telefon hamda noutbuklarni quvvatlantirish, shuningdek tibbiyot markazi hamda biblioteka xizmatlari, yo‘nalish davrida choy, suv, shakar hamda kofe taqdim etish bepul bo‘lishi lozim.
Reklama, yuklarni o‘rash hamda saqlash, “VIP” zal, sartaroshxona hamda boshqa xizmatlar pullik asosida ko‘rsatilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23
-
Leapmotor importiga ruxsat berildi, lekin shartlari bor
Iqtisodiyot | 22:54
-
Sumiga zarba: Moskva, Kiyev va Vashington nima dedi?
Jahon | 22:30
-
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
O‘zbekiston | 22:26
Mavzuga oid

21:36 / 30.12.2024
Xitoy eng tez tijorat poyezdini taqdim etdi

17:01 / 09.12.2024
Qirg‘iz hukumati «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi uchun yer ajratdi

20:59 / 26.11.2024
Prezidentga transport sohasidagi transformatsiya jarayonlari taqdim etildi

21:11 / 11.11.2024