Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHT muntazam kengashi yig‘ilishida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berildi
YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, tashkilotning Toshkentdagi ofisi rahbari Jon MakGregor O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar va samarali islohotlar haqida ijobiy fikr bildirdi.
U bu haqda YeXHT Muntazam kengashining 16 may kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida Toshkentdagi o‘zi rahbarlik qilayotgan ofisning 2018 yil apreldan 2019 yil maygacha bo‘lgan faoliyatiga oid yillik hisoboti chog‘ida aytdi.
Majlisda tashkilotning 57 ishtirokchi mamlakati va 11 hamkor mamlakatlari doimiy vakolatxonalari rahbarlari hamda YeXHT organlarining rahbar va vakillari ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Jon MakGregor yig‘ilganlarni ofisning loyihalar portfoliosi amalga oshirilishi ishlari va missiyaning hozirgi ustuvorliklari bilan tanishtirdi. Respublikada amalga oshirilayotgan loyihalarning yuqori samaradorligi qayd etildi.
Shuningdek, majlis ishtirokchilari O‘zbekistonda OAVning erkin faoliyat yuritishi uchun sharoitlar yaratish, jurnalistlar mavqeini mustahkamlash, fuqarolik jurnalistikasini rivojlantirish, davlat organlari shaffofligi va ochiqligini kuchaytirish bo‘yicha qilinayotgan sa'y-harakatlarga alohida e'tibor qaratishdi.
Xorij axborot va huquqni himoya qilish tashkilotlari saytlariga kirish to‘siqlarining olib tashlanganligi, qator xorij OAV vakillariga akkreditatsiya berilganligi alohida e'tirof etildi.
Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
11:48 / 16.04.2026
O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi
09:56 / 16.04.2026