Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiya S-500 majmualarini ishlab chiqarishda ishtirok etishini ma'lum qildi
Foto: Presidential Press Service via AP, Pool
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya bilan birgalikda S-500 zenit-raketa tizimlarini ishlab chiqarishini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an, shuningdek, S-400 majmualarining xaridi amalga oshirib bo‘linganini tasdiqlagan.
Haberturk nashrining ta'kidlashicha, Erdo‘g‘an Turkiya Rossiyaga S-500 majmualarini birgalikda ishlab chiqarish uchun 100 nafar muhandis yuborganini qo‘shimcha qilgan.
Turkiya yetakchisi Anqara AQShning 5-avloddagi F-35 qiruvchi samolyotlarini olish niyatidaligini aytgan. “Ertami-kechmi F-35’ni baribir olamiz”, deb aytgan Turkiya prezidenti.
May boshida “Rostex” kompaniyasi bosh direktori Sergey Chemezov Rossiya uchun Turkiya bilan havo hujumiga qarshi mudofaa sohasida texnologik hamkorlikni rivojlantirish juda muhimligini aytgan.
Ayni vaqtda AQSh Turkiyaning Rossiyadan S-400 majmualarini sotib olishiga qarshi chiqmoqda.
Mavzuga oid
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
16:37 / 17.04.2026
«Agressiv ohang yuqorilamoqda» - siyosatshunos Putinning yangi qonuni haqida
23:32 / 16.04.2026
Bolalarni o‘ldirgan bolalar. Turkiya maktablaridagi qonli otishmalar tafsiloti
12:53 / 16.04.2026