Deputatlar «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.
Majlisda bahs-munozaralarga boy bo‘lgan masalalardan biri — “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘ldi. Mazkur hujjatdan ko‘zlangan asosiy maqsad omonatchilarning hamda bank xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini hisobga olgan holda, banklarning barqarorligi, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni ta'minlashdan iborat bo‘lib, eng muhimi, omonatchilarning turli kutilmagan tavakkalchiliklardan himoyalash orqali banklarga bo‘lgan ishonch darajasini oshirishni nazarda tutadi.
Shuningdek, bank tizimining barqarorligini ta'minlashning muhim chorasi sifatida qonun loyihasi bilan banklarni ro‘yxatga olish tartibi va shartlari, shu jumladan, norezidentlarning bank kapitalidagi ishtiroki tartibga solinmoqda.
Yana bir muhim jihat, xalqaro tajribani inobatga olib, qonun loyihasi bilan bir bank boshqa moliya institutini nazorat qiluvchi, yuridik shaxs bo‘lmagan moliya institutlarining birlashmasi – bank guruhi tushunchasi kiritilmoqda.
Bu bilan banklarning o‘zaro mas'uliyatini oshirish, tizimli xatarlarni kamaytirish, shuningdek, banklarni konsolidatsiyalashgan asosda nazorat qilish orqali Markaziy bankning nazorat funksiyalarini takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
19:08 / 25.10.2024
Saylovda 1 milliondan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi
13:58 / 25.10.2024
«Poytaxtbank» BAA kompaniyasi ixtiyoriga o‘tdi
21:13 / 21.10.2024
Rossiyada bankning sobiq rahbari o‘ziga 3 mlrd rubl kredit ajratib, Monakoga qochib ketdi
11:30 / 17.10.2024