Rossiyalik tarixçi, maxsus xizmatlar va SSSR tarixi böyiça önlab kitoblar muallifi Aleksandr Kolpakidi Özbekiston SSR va uning rahbari Şarof Raşidovning sovetlar siyosatidagi islom vektorida tutgan örni hamda «paxta işi»ning haqiqiy sabablari haqida gapirdi.
SSSRda paxta «oq oltin» deb atalgan. Moskva işlab çiqaruvçi respublikalardan uni past narxlarda sotib olgan va jahon narxlarida eksport qilgan. Olingan valuta mablağlari, xuddi neftdollarlar va tabiiy resurslardan boşqa daromadlar kabi, qurollaniş poygasiga sarflangan.
Qiyin iqtisodiy vaziyat tufayli Kreml paxta yetiştirişni doimiy ravişda oşiriş haqida talab qöygan. Belgilangan majburiyatlarni bajariş imkonsizligi qöşib yozişga sabab böldi. SSSRda qöşib yoziş amaliyoti keng tarqalgan bölib, deyarli barça hududlarda kuzatilgan. KGB ham bu narsani yaxşi bilgan, biroq, tarixçining sözlariga köra, korrupsiyaga qarşi kuraş, deb atalgan kampaniya hammani ham qamrab olmadi.
«Biz tuşunamiz - qöşib yoziş, hiyla-nayranglar, poralar. Lekin savol tuğiladi: bu korrupsiyaga eng botgan respublika edimi yoki yöq. Hozir istalgan odam şunday deydi: yöq, albatta. Boltiqböyi va ikkita Kavkazorti respublikalarida - xafa qilmaslik uçun ular nomini aytmayman - korrupsiyaning ta'siri juda katta edi. Lekin nima uçun ularga heç kim tegmagan? Keyinçalik bu respublikalarning rahbarlari qayta qurişda katta rol öynadi. Nima uçun prokuratura brigadasini korrupsiyaga butunlay botib ketgan Stavropol ölkasiga taşlaşmadi?» - deya savol bilan çiqqan Kolpakidi.

Tarixçining sözlariga köra, korrupsiyaga qarşi kampaniya bahonasi bilan Özbekistonga berilgan zarba taşabbusi Andropovdan çiqqan, u öz dunyoqaraşi böyiça ğarbga yaqin va bozor munosabatlari pozitsiyasiga ega bölgan.
«Özbek işini kim boşlagan? Gdlyan va Ivanovni hamma biladi. Özbekiston KGB raisi Levon Melkumovni deyarli heç kim bilmaydi. Bularning barini Andropov, Melkumov, Gdlyan, Ivanovlar qilişdi. U yerda boşiga ikki marta öq uzib, öz joniga qasd qilganlar bölgan. Va bu korrupsiyaga qarşi kuraş, deb atalgan», - dedi olim tarixçi Fyodor Razzoqovning uşbu mavzuga bağişlangan kitobi böyiça.
Uning sözlariga köra, sovet nomenklaturasining ustunlaridan biri - uruş faxriysi, harbiy nişonlar kavaleri Şarof Raşidovni qulatişga sabab bölgan özbek işi - respublikalarda juda salbiy qabul qilingan. Boşqa rahbarlar markazga işonçini yöqotib, sovet davlatining siyosiy asoslarini zaiflaştirdilar.

















