Gordiyevskiy KGBda 23 yil işlagan, 1970-80-yillarda 15 yil davomida KGBning Birinçi boş boşqarmasida Buyuk Britaniya va Skandinaviya böyiça mas’ul edi. U ötgan asrning eng maşhur josuslaridan biri va Britaniyaning Oleg Penkovskiydan keyin sovet maxfiy xizmatlaridagi eng muhim agenti hisoblangan.
Buyuk Britaniyaga rezident sifatida borgaç, u köp ötmay Britaniyaning MI-6 kontrrazvedkasi bilan OVATION taxallusi ostida, keyinçalik Britaniyaning MI-5 razvedkasi bilan hamkorlik qila boşlaydi.
Bu hamkorlik 11 yil, Moskva rahbariyatida şubha paydo bölmagunça va 1985 yilda Rossiyaga çaqirib olinmagunça davom etadi.
Moskvada uni söroq qilişadi, ammo öşa yil yozida britaniyaliklar maxfiy amaliyot ötkazib, Gordiyevskiyni Britaniyaga olib ketişga muvaffaq bölişadi, bu Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elçixonasi tomonidan taşkillaştirilgan — uni diplomatik maşina yukxonasida olib ketişgan. Şundan keyin ham u Ğarb maxsus xizmatlariga maslahat berişda davom etadi.
SSSRda polkovnik Gordiyevskiy sirtdan otuvga hukm qilingan, bugungi Rossiyada esa britaniyaliklarga katta hajmdagi maxfiy ma’lumotlarni yetkazgani uçun xoin deb e’lon qilingan. Sobiq hamkasblari uni «jirkanç nusxa» va «iste’dodli pastkaş» deb ataşgan.
Ğarbda esa unga butunlay boşqaça baho beriladi. U Ğarb tuzilmalariga SSSRda aslida nima deb öylaşlarini va sovet rejimi bilan qanday qilib yaxşiroq muloqot qiliş kerakligini tuşuntirib, sovuq uruş yönalişini özgartirişga yordam bergan deb işoniladi.
2007 yil iyunida Buyuk Britaniya milliy xavfsizligini ta’minlaşdagi xizmatlari uçun Oleg Gordiyevskiy Buyuk Britaniyaning oliy mukofotlaridan biri – avliyo Mixail va avliyo Georgiy ordeni kavaleriga aylanadi.
Qoçib ketganidan keyin Gordiyevskiy dunyoqaraşi Stalin jinoyatlaridan keyin Xruşçev davridagi özgarişlar tufayli özgarganini aytgan. Şuningdek, özining sözlariga köra, 1968 yilda Çexoslovakiyada sodir bölgan voqealar uni qoçoq bölişga undagan.
«Bu sovetlar ittifoqi va boşqa kommunistik davlatlarning Çexoslovakiyaga bostirib kirişi edi, – deb eslaydi u 2008 yildagi intervyusida. – Bu şunçalik dahşatli ediki, men bu jinoyatkorona dahşatli rejim uçun işlaşni töxtatişga qaror qildim».
Jon uçun qayğuriş
BBC’ning xavfsizlik masalalari böyiça muxbiri Frenk Gardner ta’kidlaganidek, Oleg Gordiyevskiy katta ehtimol bilan Uçinçi jahon uruşining oldini oldi, deyiş mubolağa bölmaydi.


















