Abdulaziz Komilov ShHT TIVK majlisida qatnashdi
2019 yilning 22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ShHT bosh kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori ishtirokida Bishkek shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tashkilotga a'zo davlatlar rahbarlarining bo‘lajak majlisiga tayyorgarlikning borishini muhokama qildilar.
Vazirlar majlis kun tartibi, Sammitda imzolanishi kutilayotgan hujjatlar, jumladan a'zo davlatlar rahbarlarining Bishkek deklaratsiyasi loyihalarini ko‘rib chiqdilar, ShHT bosh kotibining Kotibiyatning o‘tgan yil davomidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tingladilar.
Majlis doirasida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
22 may kuni TIVKda ishtirok etayotgan delegatsiya rahbarlari ShHTga raislik qilayotgan Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov tomonidan qabul qilindi.
Mavzuga oid
11:00 / 26.09.2024
Bishkekda davlat xizmatchilariga shaxsiy avtomobilda ishga borish cheklandi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
18:02 / 10.08.2024