Navoiy şahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikda, janubi-ğarbiy tomonidagi çöl hududida 300 gektar yer maydon egallagan Amirliklarning yörğa tuvaloqni asraş markazi (AYTAM) joylaşgan.

Markaz Birlaşgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amirligining hokimi şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum taşabbusi bilan 2008 yilning aprel oyida taşkil etilgan.

AYTAMning asosiy faoliyati Özbekistonda Osiyo yörğa tuvaloğining barqaror populyatsiyasini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan köpaytiriş va asraş işlari hamda har yili uşbu turni yovvoyi tabiiy muhitga qöyib yuboriş kampaniyalari kabi tadbirlar majmuasidan iborat.

22 may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuni munosabati bilan AYTAM va Navoiy viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi hamkorligida ommaviy axborot vositalari uçun markaz böylab press-tur taşkil etildi.

«2007 yilda markazdagi asosiy faoliyati boşlanguniga qadar birlamçi galani yaratiş uçun zarur bölgan yovvoyi tuxumlarning dastlabki kolleksiyasi jamlangan edi. Uşbu kolleksiyani yiğiş işlari Özbekiston hukumatining ruxsati bilan 2012 yilgaça amalga oşirildi. Şu bilan birga, yovvoyi tabiatga çiqarib yuboriladigan qöşimça quşlarni köpaytira oladigan yörğa tuvaloq quşlarining nasldor galasini yaratiş maqsadida markazda 2008 yildan boşlab qat'iy genetik nazorat ostida yörğa tuvaloq quşini tutqunlikda köpaytiriş işlari ham yölga qöyilgan» – deydi markaz menejyeri Rustam Töxtamurodov.

Osiyo yörğa tuvaloği – örtaça ölçamlarga ega quş bölib, yozilgan qanotlarining uzunligi 1,5 metrni taşkil qiladi. Tanasining yuqori qismidagi patlar ola-çipor, sarğiş-kulrang, pastki qismidagi patlar esa  oqiş tusga ega. Nar va moda quşlarning uzun qora patlari böyinning yon tomonlarida, oq patlari böyin pastki qismining old tomonida joylaşgan.