Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda savdo markazidagi yong‘inda 15 kishi halok bo‘ldi
Hindistonning Surat shahrida joylashgan savdo markazidagi yong‘inda kamida 15 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi jabr ko‘rdi. Bu haqda India Today nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin.
Yong‘in Taxshila majmuasining 2-qavatida boshlangan. Ushbu binoning 3- va 4-qavatida o‘quv markazi joylashgan bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, odamlar jon saqlash maqsadida oynalardan pastga sakraganlar. Voqea yuzasidan tergov boshlangan.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi voqeadan tashvishda ekanligini aytgan.
“Mening o‘ylarim hozir qurbonlar oilalari bilan. Jarohatlanganlar tezroq tuzalib ketsinlar”, deb yozgan Modi tvitterda.
Mahalliy hokimiyatda qurbonlar oilalariga moliyaviy yordam ko‘rsatilishi aytilgan.
Mavzuga oid
22:05 / 27.06.2026
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026